Vatanparvarlik va g‘alabaga ishonch ifodasi

Vatanparvarlik va g‘alabaga ishonch ifodasi

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtiroki munosabati bilan maxsus videorolik tayyorlandi.

Mazkur videorolik orqali teatr jamoasi mamlakatimiz futbolchilariga o‘zining samimiy qo‘llab-quvvatlashlari va ezgu tilaklarini izhor etdi. Ijodkorlar sportchilarimizning tarixiy musobaqada munosib ishtirok etishiga ishonch bildirib, ularga kuch-g‘ayrat, matonat va zafarlar tilashdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport hayotida unutilmas sahifa ochdi. Bugungi kunda millionlab muxlislar qatorida teatr ahli ham milliy jamoamizning har bir o‘yinini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatmoqda.

Teatr ijodkorlari tayyorlagan videorolikda hamjihatlik, vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ulari aks ettirilib, futbolchilarimizga «Oq bo‘rilar»ga munosib tarzda omad va muvaffaqiyatlar tilandi.

Yagona maqsad — Vatan sharafini himoya qilayotgan sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘alabalariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashdir. Qashqadaryo teatri jamoasi O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionati bahslarida ulkan zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaydi.

🇺🇿⚽ Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati