USTOZLARGA BAYRAM TUHFASI — «MUHABBAT» SPEKTAKLI
USTOZLARGA BAYRAM TUHFASI — «MUHABBAT» SPEKTAKLI
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aziz ustoz va murabbiylar uchun o‘zining samimiy bayram sovg‘asini tayyorladi.
26 sentyabr kuni soat 16:00 da teatr sahnasida Qashqadaryolik fidoyi o‘qituvchi, “O‘zbekiston Qahramoni” Muhabbat Sharopovaning hayoti, ustozlik faoliyati va inson taqdiriga bag‘ishlangan «Muhabbat» spektakli namoyish etiladi.
Ustoz — bir avlodga emas, kelajak avlodlarga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk kasb egasi. Shu bois bu spektakl ham o‘z umrini yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bag‘ishlagan barcha ustozlarga ehtirom ifodasi sifatida sahnaga chiqarilmoqda.
🎭 «Muhabbat» spektakli barcha o‘qituvchi va murabbiylar uchun BEPUL namoyish etiladi.
Aziz ustozlar!
Sizlarni ushbu go‘zal san’at tadbiriga taklif etamiz. Bayramingiz arafasida teatr sahnasida sizga atalgan hurmat va ehtiromni his etishingizni istaymiz.
🌷 Barcha ustoz va murabbiylarni «Muhabbat» spektakli tomoshasiga taklif qilamiz!
📅 26 sentabr 🕓 16:00
Sizlarni teatrimizda intiqlik bilan kutamiz!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
