Teatr va xalq uchrashuvi

Teatr va xalq uchrashuvi

Mahallalarda aholi ma’naviyatini yuksaltirish, san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida teatr ijodkorlari tomonidan madaniy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar doirasida sahnaviy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar, she’rxonlik va kichkina sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda 23 aprel kuni Qarshi shahridagi 26-sonli maktabda Istiqlol, Shodlik, Cho‘lquvar MFY aholisi uchun  teatrlashtirilgan konsert tomoshasi hamda madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi.  Ushbu tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist S.Qoraboev, so‘z ustasi P.Lutfiev, aktrisa  S.Ashirova,  xonanda Sh.Xo‘jakeldiev, radist B.Begimqulov hamda  tashkilotchi O.Nabievlar ishtirok etdi. Teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan dasturlar mahalla ahli, ayniqsa yoshlar va bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sahna asarlarida milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, oilaviy munosabatlar va vatanparvarlik g‘oyalari tarannum etildi.

Tadbir davomida aholi va ijodkorlar o‘rtasida samimiy muloqot muhiti yuzaga keldi. Tomoshabinlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, san’at namoyandalari bilan yaqindan suhbat qurish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday madaniy uchrashuvlar mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yosh avlodni san’at va adabiyotga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati