“Ijodga e’tibor — yuksalishga qadam”
“Ijodga e’tibor — yuksalishga qadam”
Teatr hayotida ijod va zamonaviy texnologiya uyg‘unligi muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, teatr direktori O‘.Maxmatqulov tomonidan teatr bosh rejissyori F.Boynazarovga zamonaviy kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Ushbu sovg‘a nafaqat e’tibor va hurmat ramzi, balki ijodiy jarayonlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Zamonaviy texnik imkoniyatlar rejissyorga sahna asarlarini rejalashtirish, ssenariylar ustida ishlash, dekoratsiya va yoritish yechimlarini oldindan modellashtirishda keng qulayliklar yaratadi.
Bosh rejissyor bu e’tiborni yuksak qadrlab, kelgusida yanada mazmunli va ta’sirchan spektakllar yaratishga intilishini bildirdi. Teatr jamoasi esa bunday qo‘llab-quvvatlashni ijodiy yutuqlar bilan oqlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Bunday tashabbuslar teatrdagi ijodiy muhitni mustahkamlab, yangi g‘oya va loyihalarning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Начало формы
