“Teatr kuni” da Litsey o‘quvchilari tashrifi

“Teatr kuni” da

Litsey o‘quvchilari tashrifi

6 may  kuni Qarshi 1 sonli akademik litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari  uchun “Do‘stlik” ordeni sohibi F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan R.Muxammadjonovning “Ko‘ngil ishq istaydi”  musiqali komediyasi namoyish etildi.

Spektaklda insonning ko‘ngli nimalarni istmaydi deysiz?! Ayniqsa oilali, ro‘zg‘orli erkaklarning erkaklarning oiladagi mas’uliyatini unutish hamda hayotga yengil qarashlari keskin qoralangan holda yumor ostiga olinadi.  ayollarning jamiyatda ham oilada ham ularning zukkkoligi va  topqirligi bilan ajrimlarning oldi olinishiga qaratiladi.

Avallo, o‘zbek ayollarining matonati va sabr toqati, oila boshiga nisbatan hurmati bilan oilalar mustahkamlanishi aks etadi. Spektaklga musiqiy bezaklar berish orqali uning tomoshabinga ta’sir kuchi yanada ortadi.

Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Speketakl namoyishida jami 350 nafar tomoshabin qamrab olindi

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati