Sahnada oila va hayot saboqlari

Sahnada oila va hayot saboqlari

Bugun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida maktab o‘quvchilari uchun dramaturg R. Muhammadjonovning “Ko‘ngil ishq istaydi” musiqali komediyasi namoyish etildi. Spektakl O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi F. Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan.

Asarda oilaviy hayot, insoniy mas’uliyat, erkak va ayolning jamiyat hamda oiladagi o‘rni yumor va hayotiy voqealar orqali yoritiladi. Ayniqsa, o‘zbek ayollarining sabr-toqati, zukkoligi va topqirligi tufayli oilalarda mehr-oqibat va ahillik mustahkamlanishi badiiy talqinda aks ettirilgan.

Spektakl davomida berilgan musiqiy bezaklar sahna asarining ta’sirchanligini yanada oshirib, tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Namoyish maktab o‘quvchilari tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Matbuot xizmati