Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

16 aprel kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama  teatri direktori O‘.Maxmatqulov teatr yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida u yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, teatr san’atning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, teatrning jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Qashqadaryo viloyati musiqali drama  teatrining bugungi kundagi  taraqqiyoti, o‘zbek teatr san’atida tutgan o‘rni va ahamiyati, uni rivojlantirishda yoshlarning ishtiroki nechog‘lik muhim ahamiyatga egaligi haqida fikr bildirdi. Shuningdek,  tashabbuskor va yangicha fikrga ega yoshlar bilan ijodiy izlanish, intilish va mehnat orqali katta natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, teatr hayoti, sahna madaniyati va aktyorlik sirlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Uchrashuvda teatr rahbari O‘.Karimovich tomonidan teatr ijodiy faoliyatida tashabbuskor va faol bo‘lgan bir guruh yoshlarni “Teatr kelajagi” ko‘krak nishoni hamda teatr boshlang‘ib kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.  Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Bunday muloqotlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish,  kasbiga bo‘lgan mehrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama  teatri matbuot xizmati