Qarshi Davlat Texnika universiteti “Teatr kuni”da

 

Qarshi Davlat Texnika universiteti

“Teatr kuni”da

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarorining 14-bandida aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshirish hamda «Teatr kuni» tadbirlari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

28 aprel  kuni soat 14:00da  Qarshi Davlat Texnika universiteti talabalari  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurib, F.Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan R.Muxammadjonovning “Davlat bolalari” spektaklini tomosha qildilar.

“Davlat bolalari” spektakliда  ota onasiz va qarovsiz qolgan bolalar haqida gap boradi. Bunday bolalar qalbida Ota-ona mehriga tashnalik hissi, so‘nmas orzular, armon va nafrat tuyg‘ulari hamohang yashaydi. Ular o‘z ota- onalarini o‘zlari tasavvur olamida yaratgan “suratlar” ichida ko‘radi. Bu “surat”lar bolalik samimiyati va go‘zallik bilan bezaladi. Ammo, bu “surat”larga hayotda duch kelganlarida esa mutlaqo buning aksini ko‘rishlari mumkin.

Sahnadagi voqealar, obrazlar va g‘oyaviy yuklama talabalarni befarq qoldirmadi. Ular spektakl davomida nafaqat badiiy zavq oldilar, balki hayot, mas’uliyat va shaxsiy kamolot haqida chuqur mulohaza yuritish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish, ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati