# Ijtimoiy rolik Dunyo o‘tkinchi — insonlik abadiy!

# Ijtimoiy rolik

Dunyo o‘tkinchi — insonlik abadiy!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ushbu ijtimoiy rolik oddiy bir haqiqatni eslatadi: biz ko‘pincha bor narsamizni qadrlamaymiz. Hayotning shiddatida isrofga yo‘l qo‘yib, ortiqcha narsalarni beahamiyat sarflaymiz. Ammo shu damlarda dunyoning boshqa burchaklarida bir parcha nonga zor insonlar borligini unutamiz.

Bir tarafda dasturxonlar to‘kin, ortiqcha taomlar chiqindisiga aylanmoqda. Boshqa tarafda esa bolalar ochlikdan ko‘z yoshi to‘kadi. Bu qarama-qarshilik — faqat iqtisodiy emas, balki insoniy vijdon masalasidir.

Rolik shu savolni o‘rtaga qo‘yadi:
Biz nega bor ne’matni qadrlamaymiz? Nega isrofni odatga aylantirdik?

Dunyo o‘tkinchi. Bugun bor narsa ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin. Ammo insonlik, rahm-shafqat, bir-birini tushunish kabi qadriyatlar abadiydir. Agar biz bugun isrofdan tiyilsak, ehtiyojmandlarni o‘ylasak — jamiyat yanada mehrli, yanada adolatli bo‘ladi.

Har bir ortiqcha olingan non, har bir isrof qilingan noz-ne’matlar — kimningdir haqqi bo‘lishi mumkin. Shuni unutmang. Dunyoning toshu tarozisini aslo buza ko‘rmang, aks holda ertaga bu sizning ajdodlaringiz to‘laydigan tavon bo‘lmasin.

She’rni iqtidorli aktyor, “Shuxrat”medali sohibi G‘.Husayinov o‘qidi.

Vidio rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlangan.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  matbuot xizmati