Milliy liboslar — o‘zlik va iftixor ramzi
Milliy liboslar — o‘zlik va iftixor ramzi
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni ulug‘lovchi milliy liboslar targ‘ibot roligi tayyorlandi.
Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki xalqning tarixi, ma’naviyati va betakror madaniyatini o‘zida mujassam etgan milliy timsoldir. Atlasu adraslar, zarbof choponlar, milliy naqsh va bezaklar orqali ajdodlarimiz didi, nafosati va yuksak ma’naviy dunyosi namoyon bo‘ladi.
Teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda milliy liboslarimizning go‘zalligi, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ularni asrab-avaylash g‘oyasi badiiy talqin etilgan. Rolik orqali yosh avlod qalbida milliylikka muhabbat, o‘zligimiz va madaniy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsad qilingan.
Milliy libos — millat ko‘zgusi. Uni asrash va targ‘ib qilish esa har birimizning ma’naviy burchimizdir.
Video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
