Giyohvandlik — umr zavoli!

Giyohvandlik — umr zavoli!

Giyohvandlik — bu shunchaki yomon odat emas, balki inson hayotini sekin-asta yemiruvchi og‘ir illatdir. U avvalo qiziqish yoki “bir marta sinab ko‘rish”dan boshlanib, keyinchalik insonni o‘z qo‘li bilan halokat sari yetaklaydi. Giyohvandlik insonning nafaqat jismoniy salomatligiga, balki ruhiyatiga, oilasiga va jamiyatdagi o‘rniga ham jiddiy zarar yetkazadi.

Bu illatga mubtalo bo‘lgan inson o‘z orzu-maqsadlaridan voz kechadi, yaqinlarining ishonchi va mehrini yo‘qotadi. Ota-onaning ko‘z yoshi, farzandning kelajagi, jamiyatning umidi — barchasi giyohvandlik qurboniga aylanadi. Eng achinarlisi, inson bu yo‘lga o‘z ixtiyori bilan kirib, keyin undan chiqish qanchalik og‘ir ekanini anglab yetadi.

Shuning uchun har bir inson hayotni tanlashi, salomatlik va sog‘lom turmush tarzini qadrlashi lozim. Chunki giyohvandlik — bu vaqtinchalik halovat emas, balki umr zavolidir.

Mazkur rolik teatr ijodkorlari tomonidan jamiyatni ogohlikka chorlash maqsadida tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati