“Behbudiy” sahnada: Samarqand teatrining Qashqadaryodagi ijodiy tuhfasi

“Behbudiy” sahnada: Samarqand teatrining Qashqadaryodagi ijodiy tuhfasi

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yana bir madaniy-ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu safar qo‘shni Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi ijodiy gastrol safari bilan vohaga tashrif buyurdi.

Mehmon teatr jamoasi qadimiy va betakror an’analarimiz ramzi bo‘lgan karnay-surnay sadolari, kuy-qo‘shiqlar va iliq kutib olish marosimi bilan qarshi olindi. Ikki teatr ijodkorlari o‘rtasidagi samimiy muloqot, ijodiy aloqalar va sahna san’atiga bo‘lgan hurmat yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Gastrol dasturi doirasida Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan jadidchilik harakatining buyuk namoyondasi, ma’rifatparvar siymo — Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Behbudiy” spektakli namoyish etildi.

Spektaklda tarixiy davr ruhi, milliy uyg‘onish g‘oyalari, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilgan ajdodlarimiz taqdiri badiiy obrazlar orqali gavdalantirildi. Ijodkorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Samarqand va Qashqadaryo teatr jamoalari o‘rtasidagi bunday ijodiy uchrashuvlar teatr san’atini rivojlantirish, tajriba almashish va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot  xizmati

Конец формы