TAVALLUD AYOMI!
TAVALLUD AYOMI!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri respublika va xalqaro miqyosdagi ijodiy hamkorliklarni izchil rivojlantirib kelmoqda. Shu maqsadda Xorazm viloyati musiqali drama teatrining oliy toifali solist-vokalist artisti Hikmat Matyoqubov Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilayotgan J. Jovlievning «Issiq qor» spektaklida bosh qahramon — buyuk o‘zbek shoiri Usmon Nosir obrazini yaratish uchun ijodiy jamoaga taklif etildi.

23 sentyabr kuni Hikmat Matyoqubovning tavallud ayyomi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri rahbariyati va jamoasi ijodkorni samimiy muborakbod etdi.
Teatr direktori Hikmat Matyoqubovni tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Tabrik so‘zida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori teatr ijodkorlari respublika va xalqaro miqyosda turli rejissyorlar bilan hamkorlikda spektakllar yaratib kelayotganini ta’kidlab, Xorazm viloyatidan aktyorning ijodiy almashinuv asosida Qashqadaryo teatri spektaklida ishtirok etishi birinchi bor amalga oshirilayotgan muhim qadam ekanini qayd etdi.
Darhaqiqat, Hikmat Matyoqubovning «Issiq qor» spektaklida Usmon Nosir obrazini yaratishi nafaqat bir spektakl doirasidagi ijodiy hamkorlik, balki ikki viloyat teatrlari o‘rtasida kelgusidagi keng qamrovli ijodiy loyihalar uchun ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Hikmat Matyoqubovni tavallud ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
