Chiroqchida  “Davlat bolalari” spektakli namoyishi

Chiroqchida  “Davlat bolalari” spektakli namoyishi

25–26 may kunlari Chiroqchi tumanida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan dramaturg R. Muhammadjonovning “Davlat bolalari” spektakli namoyish etildi.

Mazkur sahna asarida yetim bolalarning qalb kechinmalari, ularning mehr va ota-ona sog‘inchiga to‘la armonli hayoti ta’sirchan voqealar orqali aks ettiriladi. Spektaklda bolalarning o‘z tasavvuridagi mehribon ota-onani orzu qilishi, biroq hayotda esa mutlaqo boshqa insonlarga duch kelishi chuqur dramatizm bilan yoritilgan.

Asar davomida inson qalbidagi sog‘inch, mehrga ehtiyoj va bolalik armonlari samimiy sahna yechimlari orqali ochib beriladi. Aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinni voqealar ichiga olib kirib, ularni chuqur mushohadaga chorlaydi.

Namoyish Chiroqchi tumani tomoshabinlari tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri   Matbuot xizmati