Bolalar kulgusi yangragan maskan
Bolalar kulgusi yangragan maskan
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida bolajonlar uchun unutilmas bayram dasturi tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan teatr sahnasida jajji tomoshabinlar uchun sevimli ertaklardan biri bo‘lgan “Sohibjamol va maxluq” ertak-tomoshasi 3 seansda namoyish etildi. Har bir seans bolalarning quvonchli qiyqiriqlari, samimiy kulgisi va olqishlari ostida ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Spektakl davomida ertak qahramonlarining sarguzashtlari, ezgulik va mehr-oqibat g‘oyalari bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Rang-barang sahna bezaklari, qiziqarli voqealar rivoji hamda aktyorlarning mahoratli ijrosi bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Bolalar uchun yaratilgan ushbu bayramona muhit ularning qalbida yorqin xotiralar qoldirdi. Ayniqsa, tomoshadan so‘ng qahramonlar bilan suratga tushish va muloqot qilish imkoniyati jajji muxlislarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
Конец формы
