Aktyorlik — qalb, mas’uliyat hamda jasorat namunasidir.
Aktyorlik — qalb, mas’uliyat hamda jasorat namunasidir.
Sahna — shunchaki yorug‘lik va qahramonlar olami emas. U katta mehnat, izlanish va qalb kechinmalarining manzilidir. Har bir aktyor sahnaga chiqishidan oldin yuragida hayajon, mas’uliyat va san’atga bo‘lgan muhabbatni his qiladi.
Ushbu video rolikda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari aktyorlik san’ati haqidagi samimiy va ibratli fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar. Ular uchun aktyorlik — bu kasb emas, balki inson qalbiga yo‘l topish, tomoshabin dardini his qilish va hayot haqiqatini sahna orqali yetkazishdir.
Sahnaga chiqish oldidan aytilgan har bir so‘zda san’atga sadoqat, mehnat va ijodkor qalbining nafasi mujassam. Chunki haqiqiy aktyor obrazni emas, inson tuyg‘ularini yashaydi.
Ushbu rolik orqali aktyorlik san’atining betakror jozibasi, sahna ortidagi mehnat va ijod ahlining qalb olami yana bir bor namoyon bo‘ladi.
Video rolik Qahramon Muzrapov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
