Teatr ijodkorlari Ko‘kdalada!
Teatr ijodkorlari Ko‘kdalada!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 31-dekabrda o‘tkazilgan 50-son yig‘ilish bayoni 12-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholini teatr san’atiga keng jalb etish maqsadida Ko‘kdala tumanida “Teatr kuni” doirasida teatr tomoshalari tashkil etildi.

5 may kuni Ko‘kdala tumanining aholisi va nuroniylari uchun “O‘zbekman” teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi. Ushbu tomoshada o‘zbek xalqining necha asrlik bosib o‘tgan shonli tarixi, yovga qarshi beomon kurashi, tarixiy va buyuk ajdodlarimiz siymosi va bugungi kuniga qadar bo‘lgan o‘tmishi aks etadi. Inson har qanday sharoitda dunyoga kelar ekan , u ko’z ochib ko’rgan makoni qaysi maskanda, mayli u vayronkor yo koshona g’arib yo salobatlidir odamdot uchun o’sha yer muqaddas Vatandir. Har bir barkamol inson Vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtning omadliligi va mustaqiligi uchun hamma narsani hatto shirin jonini ham ayamaydi.
🎭 2026-yil 5–6–7-may kunlari
📍 Ko‘kdala tumani Madaniyat saroyida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan I.Qurbonov loyihasi asosida sahnalashtirilgan “O‘zbekman” teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etilmoqda.
👥 Mazkur teatr tomoshalariga: tuman aholisi yoshlar, davlat xizmatchilari, tashkilot va idoralar xodimlari, ularning oila a’zolari, talabalar hamda barcha teatr ixlosmangdlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
