“Teatr kuni”
“Teatr kuni”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarorining 14-bandida aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshirish, «Mahalla yettiligi» a’zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda «Teatr kuni» tadbirlari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Shu munosabat bilan 18-19 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida M.Baydurning “Yolg‘onichning rasmi” hamda U.Xodjibekovning “Arshing mol olon” spektakli namoyish etildi.

M.Baydurning “Yolg‘onichning rasmi” spektaklida “Nuriston” akademik litseyi hamda o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ushbu spektaklda har bir inson umrining yoz – kuz, qishi va bahori bor. Turfa ranglari, boshidan kechadigan turfa voqeliklari, g‘ami-tashvishlari ham yondosh yuradi. Ammo, ko‘ngil istar kishisi bo‘lmagan odam doimo yolg‘izlikka mahkum.
Spektaklda aytilganidek, “Ma’noli yolg‘izlik qandoq bo‘lishini bilmas ekanman. Har qanday yolg‘izlik -ma’nosizlikdir”…
“Arshing mol olon” spektaklida Hududgaz hamda Qarshi yelektr tarmoqlari xodimlari ishtirok etdi. “Arshin mal alan” spektaklida ham bugun millatlarimizga xos bo‘lgan oila rishtalarini bog‘lashdagi milliy qadriyatlarga sadoqatlilik, ushbu an’analarni hurmat qilgan holda bardavomligini ta’minlash masalalari sahnaviy tarzda aks ettiriladi.
Spektakllar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish hamda olqishlar bilan qarshi olindi. Eng muhimi, dam olish kunlari tomoshabinlar tomonidan katta taasssurotlar bilan qarshi olindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
