XUShXABAR! Qashqadaryo teatri xalqaro festivalida ishtirok etmoqda!
XUShXABAR!
Qashqadaryo teatri xalqaro festivalida ishtirok etmoqda!
2026 yil 22–28 iyun kunlari Moldova Respublikasining Kishinyov shahrida joylashgan Yuriy Harmelin nomidagi “Atirgul ko‘chasidan” Davlat yoshlar drama teatrida XIV–Xalqaro “MOLDFEST” teatrlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro madaniy tadbirda O‘zbekiston sharafini Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi munosib himoya qilmoqda. Teatr ijodkorlari festival dasturida buyuk rus yozuvchisi Anton Chekhovning “Oqqush qo‘shig‘i” asari asosida rejissyor O. Kopadze (Veysal o‘g‘li) tomonidan sahnalashtirilgan “Oqqush qo‘shig‘i” spektakli bilan ishtirok etmoqda.
Xalqaro festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Teatr san’atining turli yo‘nalishlarini namoyon etuvchi mazkur anjuman dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ijodiy jamoalarni bir sahnaga jamlamoqda.
Qashqadaryo teatrining “Oqqush qo‘shig‘i” spektakli 25 iyun kuni festival tomoshabinlari va mutaxassislar e’tiboriga havola etiladi. Spektakl orqali o‘zbek teatr san’atining badiiy salohiyati, ijodiy izlanishlari va milliy sahna maktabi namoyish etiladi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasiga xalqaro festivalda munosib ishtirok, ijodiy muvaffaqiyat va katta zafarlar tilaymiz!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
