Tomoshabin mehri va san’at shuko‘hi
Tomoshabin mehri va san’at shuko‘hi
4–5 iyun kunlari Koson tumanida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan “Fidoyi” spektakli tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Spektakl namoyishlari jarayoni, shuningdek, teatr jamoasining tumandagi samimiy va tantanali kutib olinish lahzalari maxsus videorolik orqali muhrlandi.
Rolikda tuman aholisi va mutasaddilarning teatr jamoasini iliq qarshi olgani, san’atkorlar bilan samimiy muloqotlar, shuningdek, “Fidoyi” spektaklining eng ta’sirchan sahnalari o‘rin olgan. Ayniqsa, jadid ziyolisi va prokuratura xodimi B.Sharipov taqdiri orqali adolat, vatanparvarlik va inson qadri kabi yuksak g‘oyalarni targ‘ib etuvchi spektakl tomoshabinlarni chuqur o‘yga toldirgani videolavhada ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Q.Muzrapov tomonidan yaratilgan mazkur videorolik nafaqat teatr gastrol safarining yorqin xotirasi, balki hududlarda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar, teatr va tomoshabin o‘rtasidagi mustahkam ma’naviy ko‘prikning amaliy ifodasi sifatida ham ahamiyat kasb etadi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
