Teatrdagi ibratli oila

Teatrdagi ibratli oila

15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri rahbariyati tomonidan kichik tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida teatr jamoasi orasida ahilligi, o‘zaro hurmat va mehr-oqibati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan oilalar e’tirof etildi. Jumladan, teatrda bir nechta  oilalar birgalikda faoliyat olib borayotganligi, ularning har biri e’tiroflarga munosibligi aytildi.

“15 may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat namunasi bo‘lib kelayotgani hamda teatr jamoasi orasida ibratli oilalardan biri sifatida e’tirof etilgani uchun teatrda uzoq yillardan buyon birgalikda samarali faoliyat olib borayotgan Eshniyoz va Sarvinoz Xolmonovlar oilasi “Ibratli oila” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Taqdirlash jarayonida teatr direktori o‘z so‘zida oilaning jamoadagi obro‘-e’tibori, san’atga bo‘lgan sadoqati, oilaviy qadriyatlarga hurmat va hamjihatlik muhitini saqlab kelayotgani alohida e’tirof etdi. Tadbir ishtirokchilari ushbu oilaga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va ijodiy muvaffaqiyatlar tiladilar.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati