Sog‘lom hayotni tanlang!
Sog‘lom hayotni tanlang!
Aziz yoshlar!
Bugungi kunda yurtimiz kelajagi, millat ertasi sizlarning qo‘lingizda. Orzu-intilishlaringiz, bilimga chanqoqligingiz va sog‘lom fikringiz bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shasiz. Shuning uchun ham har bir yosh o‘z hayotiga mas’uliyat bilan qarashi muhim.
Giyohvandlik — insonning nafaqat sog‘lig‘ini, balki orzu-maqsadlari, oilasi va kelajagini ham yo‘qqa chiqaradigan og‘ir illatdir. U insonni ma’naviy tanazzulga, jamiyatdan uzilishga va hayotdan bezishga olib keladi. Bir marta qilingan xato butun umrlik afsusga aylanishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari barcha yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, sportga, kitobxonlikka, san’at va madaniyatga oshno bo‘lishga chorlaydi. Hayotni seving, vaqtingizni mazmunli o‘tkazing, orzu va maqsadlaringiz sari ishonch bilan intiling.
Unutmang, haqiqiy kuch — sog‘lom tafakkur va toza hayot tarzidadir!
Biz giyohvandlikka qarshimiz!
Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!
Video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
