Sarvar Badirov tomonidan “Teatr san’ati va inson qadri” mavzusida maxsus video rolik

TEATR SAN’ATI VA INSON QADRI

Mustaqillik — inson qadri ulug‘langan, mehnati va iste’dodi e’tirof etilgan, san’at va madaniyatga yuksak e’tibor qaratilgan davr timsolidir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori

tayyorlandi.

O‘tgan 35 yillik tariximizga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda teatr san’ati va uning fidoyi ijodkorlariga bo‘lgan e’tibor tobora yuksalib borayotganining guvohi bo‘lamiz. Zero, teatrga bo‘lgan e’tibor — inson ma’naviyatiga, ijodkor mehnatiga va xalqning badiiy tafakkuriga bo‘lgan e’tibordir.

Bugun teatr ahli o‘z kasbini shunchaki sahnada rol ijro etish emas, balki inson qalbiga ezgulik urug‘ini sochish, jamiyatga ma’naviy kuch va ilhom berishdek yuksak mas’uliyat sifatida anglab kelmoqda.

Istiqlol yillarida aktyor va rejissyorlar, rassom va musiqachilar, sahna ortida mehnat qilayotgan barcha ijodiy va texnik xodimlarning mashaqqatli mehnatiga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Ularning ijodiy izlanishlari, milliy teatr san’atini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi munosib e’tirof etilmoqda.

35 yillik Mustaqillik — bu nafaqat tariximizga nazar tashlash, balki teatr ahlining bugungi qadri va ertangi mas’uliyati haqida o‘ylash uchun ham muhim fursatdir.

Sahnadagi har bir ijodiy qadamingiz xalqimizga ma’naviy zavq, ezgulik va ilhom bag‘ishlasin. Qalbingizda ijod otashi, ko‘nglingizda Vatan mehri, sahnangizda esa hamisha olqishlar yangrasin!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati