SAHNA LIBOSLARI — TARIX VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGIDA
SAHNA LIBOSLARI — TARIX VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGIDA
Teatr san’atida sahna bezagi, musiqa va aktyorlik mahorati bilan bir qatorda, liboslar ham muhim badiiy ifoda vositasi hisoblanadi. Qahramonning davri, ijtimoiy mavqei, kasbi va ichki olamini tomoshabinga yetkazishda sahna liboslarining o‘rni beqiyos.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 399-son qarorida belgilangan vazifalar, xususan, teatrlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlar doirasida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining sahna liboslari fondi ham izchil boyitib borilmoqda.
Jumladan, teatr fondi tarixiy obrazlar, milliy qahramonlar, zamonaviy kasb egalari hamda xorijiy tarixiy qahramonlar qiyofasini aks ettiruvchi yangi liboslar bilan to‘ldirilmoqda.
Bu esa teatr repertuaridagi tarixiy va zamonaviy mavzudagi spektakllarning badiiy saviyasini oshirish, sahna voqealarining davriy muhitini ishonarli aks ettirish, aktyorlar ijrosini vizual jihatdan boyitishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, har bir yangi libos teatrning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirib, kelgusi sahna asarlari uchun ham zarur moddiy-badiiy zaxira vazifasini o‘taydi.
Teatrda moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasidagi bunday ishlar milliy sahna san’atining taraqqiyoti, ijodiy izlanishlar va tomoshabinga taqdim etiladigan spektakllar sifatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
👉Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
