«Oqqush qo‘shig‘i» Xorazm sahnasida
«Oqqush qo‘shig‘i» Xorazm sahnasida
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining viloyatlararo gastrol safari qadimiy va betakror Xorazm zaminida ham ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Xorazm viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Qashqadaryo teatri jamoasini samimiy kutib olib, mehmonlarga o‘zlariga xos yuksak hurmat va mehmondo‘stlik namoyon etdilar. Xorazmning dilbar kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslari va milliy san’atga xos nafosat mujassam bo‘lgan qarshi olish marosimi gastrol safariga alohida fayz bag‘ishladi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Xorazm viloyati musiqali drama teatri sahnasida A. Chexovning «Kalxas» hikoyasi asosida Oybek Kopadze tomonidan sahnalashtirilgan «Oqqush qo‘shig‘i» spektaklini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

Spektakl Xorazm sahnasida yuqori saviyada tashkil etildi. Sahna bezagidan tortib, yorug‘lik, ovoz, texnik ta’minot va ijodiy jamoaga yaratilgan sharoitgacha bo‘lgan jarayonlarda Xorazm teatri jamoasining professional yondashuvi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Spektakl yakunida yangragan samimiy olqishlar Qashqadaryo teatri ijodkorlariga Xorazm tomoshabini tomonidan bildirilgan yuksak ehtirom va iliq munosabatning ifodasi bo‘ldi.
Xorazm viloyati musiqali drama teatri jamoasiga spektakl namoyishini yuqori saviyada tashkil etgani, ko‘rsatgan yuksak mehmondo‘stligi va samimiy munosabati uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
