Ona monologi
Ona monologi
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan F. Toshevning «Fidoyi» spektaklida jadidchilikka qarshi kurash qurboni bo‘lgan B. Sharipov obrazi iqtidorli aktyor B. Boltaev tomonidan mahorat bilan ijro etilgan. Aktyor qahramonning ruhiy kechinmalari, erk va adolat yo‘lidagi qat’iyatini ishonarli tarzda gavdalantirib, tomoshabinni o‘sha davr muhitiga olib kira olgan.
Spektaklning eng ta’sirli sahnalaridan biri — ona monologi bo‘lib, u orqali inson qalbining eng nozik tuyg‘ulari, farzand taqdiri oldidagi og‘riq va iztiroblar ifodalanadi.
Monologda B. Sharipovning o‘lim oldidan onaizoriga aytgan tasalli so‘zlari, uning «onajon, sabr qiling, haqiqat yo‘li hech qachon o‘lmaydi» degan kabi ma’naviy daldasi orqali farzandning oliyjanob ruhi ifodalanadi.
Shu bilan birga, sahnada ona qalbining cheksiz dardi, farzand ayrilig‘i oldidagi iztirobi va fojiali taqdirga qarshi ojiz nolasi chuqur hissiyotlar bilan ochib beriladi. M. Abduraxmonova ijrosidagi ona siymosi orqali onaning mehri, qahri va sabri bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lib, tomoshabinni beixtiyor o‘yga toldiradi.
Ushbu video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
