BIR VATAN — BIR YURAK, BIRDAMLIK — BUYUK QUDRAT!
BIR VATAN — BIR YURAK, BIRDAMLIK — BUYUK QUDRAT!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktrisasi Mahliyo Jumaeva yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarini samimiy muborakbod etadi.
Bugun O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari tinchlik va totuvlikda, o‘zaro hurmat va ahillik muhitida yashab, yagona Vatan ravnaqi yo‘lida birlashib mehnat qilayotgan bag‘rikeng yurt.
Turli tillar, turli urf-odatlar va turli madaniyatlar — bir Vatan bag‘rida uyg‘unlashib, xalqimizning boy ma’naviy xazinasini yanada rang-barang etmoqda.
🤝 Bizni birlashtiradigan eng ulug‘ tuyg‘u — Vatanga muhabbat!
🎬 Ushbu videorolikda Mahliyo Jumaeva yurtimizdagi millatlararo totuvlik, do‘stlik va birdamlikning qadri haqida so‘z yuritib, barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom bilan tabriklaydi.
Birligimiz — tinchligimiz, tinchligimiz — eng buyuk boyligimiz!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yurtimizda hamisha tinchlik, mehr-oqibat va do‘stlik hukm surib, O‘zbekistonning yagona va ahil xalqi yanada yuksak marralarni zabt etsin!
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
