«Ayolg‘u» — badiiy kengaş e’tirofiga sazovor böldi

«Ayolg‘u» — badiiy kengaş e’tirofiga sazovor böldi

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalaştirilgan Valixon Umarovning «Ayolg‘u» soundramasi Madaniyat vazirligi huzuridagi badiiy kengaş a’zolari e’tiboriga havola etildi.

Spektakl Madaniyat vazirligi huzuridagi badiiy kengaş a’zolari Tohirjon Döstmuhammedov va Şorustam Abidovlarga taqdim etildi. Namoyişdan söng kengaş a’zolari asarning badiiy yeçimi, mazmun-mohiyati va sahnaviy talqiniga öz munosabatlarini bildirdilar.

Millat ayollarining ibtido davridan bugungi kungaça davom etib kelayotgan iztiroblari, ayol qalbidagi keçinmalar, taqdir sinovlari va ruhiy olami öziga xos badiiy ifodasini topgan mazkur soundrama tomoşabin e’tiborini öziga jalb etişi bilan ahamiyatlidir.

Badiiy kengaş a’zolari spektaklni bir ovozdan ma’qullab, teatr repertuariga kiritiş uçun qabul qildilar.

Bu esa ijodiy jamoaning izlanişlari, mehnati va milliy sahna san’atiga qöşayotgan hissasiga berilgan munosib bahodir.

«Ayolğu» — bir ayolning dardida butun millat tarixini, bir qöşiq ohangida esa asrlar sadosini mujassam etgan sahna asari.

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati