“Alla — qadriyatlar beshigi”

Alla — qadriyatlar beshigi

Alla — bu oddiy qo‘shiq emas. U ona mehri, milliy ruh va asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan bebaho qadriyatlar mujassamidir. Ona bolasini bag‘riga bosib, alla aytganida nafaqat uni uxlatadi, balki uning qalbiga mehr, ishonch va ezgulik urug‘ini qadaydi.

Alla orqali avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik mustahkamlanadi. Unda xalqimizning orzu-umidlari, hayotga bo‘lgan ishonchi va ezgu tilaklari mujassam. Shu bois alla — tarbiyaning ilk bosqichi, inson kamolotining birinchi sabog‘idir.

Bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish har qachongidan ham muhim. Alla kabi noyob meroslarimizni unutmaslik, ularni qadrlash va davom ettirish — bu bizning ma’naviy burchimizdir.

Chunki o‘z qadriyatlarini qadrlagan xalqning kelajagi mustahkam, ma’naviyati yuksak bo‘ladi. Alla esa ana shu yuksaklikka yetaklovchi beqiyos ma’naviy manba hisoblanadi.

“Alla-qadriyatlar beshigi” mavzusidagi rolikda teatr ijodkorlari G‘.Husayinov hamda N.Boymurovalar ishtiirok etgan.

Ushbu video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati