Texnika universiteti talabalari teatr san’ati bilan yuzma-yuz

Texnika universiteti talabalari teatr san’ati bilan yuzma-yuz

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yoş avlodning ma’naviy dunyoqaraşini boyitiş, ularni badiiy adabiyot va sahna san’atiga oşno etish maqsadida navbatdagi spektakl namoyişi taşkil etildi.

Bu gal teatr jamoasi Texnika universitetining Şahrisabz filiali talabalari e’tiboriga Xulio Kortasarning «Bemorlarning salomatligi» asari asosida J. Jovlievnıng «Farzandim ko‘zim qarog‘i» spektaklini havola etdi.

Spektakl inson ruhiyatining nozik qirralari, oilaviy munosabatlar, mehr-oqibat va insonlar örtasidagi ma’naviy boğliqlik kabi hayotiy masalalarni öziga xos badiiy talqinda namoyon etadi. Sahnadagi voqealar, qahramonlarning keçinmalari va ularning özaro munosabatlari tomoşabinni hayot, qadriyatlar va inson qalbi haqida muşohada yuritişga undaydi.

Talabalar spektakl davomida sahna voqealariga katta qiziqiş bilan munosabat bildirib, qahramonlar taqdiri va asarning teran mazmuniga hamohang keçinmalarni his etdilar.

Zero, teatr — şunchaki tomosha maskani emas, u insonni öz qalbiga nazar solişga, hayot haqida öylaşga, yaxshilik va yomonlik, mehr va beparvolik örtasidagi çegarani anglashga çorlaydigan ma’naviyat dargohidir.

Bunday ijodiy uçrashuvlar yoşlarning estetik didini şakllantirish, ular qalbida san’atga muhabbat uyg‘otiş va teatr bilan auditoriya örtasidagi ma’naviy muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati