“MALTEPE- VIII XALQARO TEATRLAR FESTIVALI”DAGI IŞTIROK
QAŞQADARYO VILOYATI MUSIQALI DRAMA TE ATRINING TURKIYA DAVLATIDA BÖLIB ÖTGAN “MALTEPE– VIII XALQARO TEATRLAR FESTIVALI”DAGI IŞTIROKI
Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Turkiyaning Maltepe şahrida bölib ötgan xalqaro teatr festivalida munosib ishtirok etib, özbek milliy teatr san’atining badiiy imkoniyatlari va ijodiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etdi.
24-oktabr kuni Maltepe öahridagi Prof. Dr. Türkan Saylan madaniyat markazida teatr jamoasi tomonidan Anton Çexovning maşhur asari asosida sahnalaştirilgan “Oqquş qöşiği” spektakli festival tomoşabinlari e’tiboriga havola etildi.
Inson umrining mazmuni, ötgan kunlar xotirasi, san’atga sadoqat va ijodkor qalbidagi keçinmalarni özida mujassam etgan mazkur spektakl çuqur falsafiy mazmuni hamda ta’sirçan sahna talqini bilan ajralib turadi. Asarda umrining kuziga yetgan aktyorning hayot yo‘li, sahna xotiralari, quvonç va iztiroblari, armonlari hamda san’atga bölgan çeksiz muhabbati nozik ruhiy keçinmalar orqali oçib beriladi.

Spektakl tomoşabinni inson umri va vaqtning şiddatli oqimi, yolg‘izlik, ötkinchilik hamda san’atkor taqdiri haqida çuqur muşohada yuritişga çorlaydi. Qahramonning içki dunyosi va sahna bilan boğliq xotiralari orqali san’atning inson hayotidagi beqiyos örni, ijodkor qalbining murakkab olami yorqin ifodasini topadi.
Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrining xalqaro festivaldagi iştiroki milliy teatr san’atimizni xorijda keng targ‘ib etiş, xalqlar örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş, ijodiy hamkorlikni rivojlantiriş va xalqaro tajriba almaşiş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Festival doirasida teatr jamoasining ijodiy iştiroki e’tirof etilib, festivalning maxsus esdalik statuetkasi topşirildi. Uşbu e’tirof teatr jamoasining samarali ijodiy faoliyati, milliy sahna san’atini xalqaro miqyosda namoyon etişga qöşayotgan hissasi va madaniy hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi sa’y-harakatlariga bildirilgan hurmat ifodasidir.
Mazkur xalqaro festival Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi uçun nafaqat ijodiy tajriba almaşiş, balki özbek teatr san’atining boy an’analari, betakror badiiy tafakkuri va yuksak ma’naviy salohiyatini xalqaro sahnada namoyiş etiş imkoniyati ham böldi.
Milliy san’atimizning xalqaro sahnalarda yangraşi, ijodiy yutuqlarimizning e’tirof etilişi va madaniy hamkorlikning yangi ufqlari ochilişi teatr jamoasining kelgusi ijodiy faoliyatiga yanada katta mas’uliyat hamda yangi marralar sari intiliş ruhini bağişlaydi.
