San’at birlashtirgan do‘stlik — «Oqqush qo‘shig‘i» Buxoro sahnasida
San’at birlashtirgan do‘stlik — «Oqqush qo‘shig‘i» Buxoro sahnasida
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining viloyatlararo gastrol safari Buxoro zaminida ham ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
Qadimiy va navqiron Buxoro bag‘rida teatr jamoasini Buxoro teatri ijodkorlari alohida samimiyat va katta mehmondo‘stlik bilan kutib oldilar. Mehmonlarning qarshisida yangragan kuy-qo‘shiqlar, Buxoroning o‘ziga xos nafosatini namoyon etgan jozibali raqslar iliq kutib olish marosimiga yanada fayz bag‘ishladi.
Uchrashuv davomida ikki teatr jamoasi o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stona va ijodiy aloqalar e’tirof etildi. San’atkorlarni birlashtirib turgan mushtarak maqsad — milliy teatr san’atini asrash, rivojlantirish va tomoshabinga sifatli sahna asarlarini taqdim etish ekani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Buxoro teatrining ulkan sahnasida A. Chexovning «Kalxas» hikoyasi asosida Oybek Kopadzening «Oqqush qo‘shig‘i» spektaklini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.
![]()
![]()




Spektakl Buxoro tomoshabinlari tomonidan katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyat bilan qabul qilindi. Sahnadagi har bir obraz, ijodkorlarning samimiy ijrosi va asarning ta’sirchan ruhiyati tomoshabinlarning e’tiborini bir zum ham bo‘lmadi.
Spektakl yakunidagi olqishlar ijodiy jamoa uchun Buxoro tomoshabinining yuksak e’tibori va samimiy munosabatining ifodasi bo‘ldi.
Buxoro teatri jamoasiga samimiy kutib olgani, yuksak mehmondo‘stligi va iliq munosabati uchun minnatdorlik bildiramiz!
Zero, teatrlar o‘rtasidagi bunday do‘stona uchrashuvlar nafaqat ijodiy hamkorlikni, balki san’atkorlar qalbidagi mehr va hurmatni ham yanada mustahkamlaydi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
