#OAV da BIZ HAQIMIZDA
#OAV da BIZ HAQIMIZDA
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi — 94-mavsumning tantanali ochilishi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Teatr jamoasi, san’at ixlosmandlari va mehmonlar ishtirokida o‘tgan tadbir viloyatning madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Telesyujet doirasida teatrning ko‘p yillik ijodiy faoliyati, sahna san’atidagi o‘ziga xos o‘rni va jamoaning bugungi ijodiy izlanishlari haqida fikrlar ham o‘rin oldi. Shuningdek, teatrning fidoyi ustoz san’atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xurriyat Isroilovadan intervyu olinib, unda teatrning kechagi va bugungi hayoti, sahna san’atining inson ma’naviyatidagi o‘rni hamda yangi mavsumdan kutilayotgan ijodiy maqsadlar haqida mulohazalar bildirildi.
Televidenie orqali 94-mavsum ochilishining keng yoritilishi teatr jamoasining ijodiy faoliyatini yanada keng auditoriyaga yetkazish, tomoshabinlarni teatr hayoti va yangi mavsum repertuari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 94-mavsum ochilishini keng yoritgani, teatr san’atiga e’tibor va hurmat bilan yondashgani uchun Qashqadaryo televideniesi ijodiy jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiradi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
