VATANGA MUHABBAT — KELAJAKKA ISHONCH
VATANGA MUHABBAT — KELAJAKKA ISHONCH
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, “Shuxrat” medali sohibi G‘ayrat Husayinov ishtirokida « VATANGA MUHABBAT — KELAJAKKA IShONCh » mavzusida maxsus video rolik tayyorlandi.
Rolikda Vatan taqdiri, uning ertangi kuni va yurt kelajagi uchun mas’uliyat tuyg‘ulariga alohida urg‘u berilgan. Zero, Vatan kelajagi — bu avvalo uning bugunini qadrlaydigan, tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashaydigan insonlar qo‘lidadir.
G‘ayrat Husayinovning samimiy tabrigi orqali Mustaqillikning qadri, yurt tinchligi va osoyishtaligining beqiyos ahamiyati, yosh avlodning Vatan kelajagidagi o‘rni haqida ezgu fikrlar ilgari suriladi.
Mustaqillik bayrami — o‘tgan yo‘lga nazar tashlab, bugungi imkoniyatlarni qadrlash va kelajak sari yanada ishonch bilan intilish ayyomidir.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
Vatan kelajagi — har birimizning ezgu niyatimiz, mas’uliyatimiz va umumiy maqsadimizdir.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
