YANGI O‘ZBEKISTON VA BUGUNGI BUNYODKORLIK
YANGI O‘ZBEKISTON VA BUGUNGI BUNYODKORLIK
Yangi O‘zbekiston — yangilanishlar, ezgu maqsadlar va bunyodkorlik ruhi bilan taraqqiy etayotgan yurt.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Xoldor Xonniyozov tomonidan tayyorlangan bayram tabrigida ana shu ulug‘ tuyg‘ular, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va mustaqillikning hayotimizdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
🎬 Ushbu videorolikda aktyor Xoldor Xonniyozov yurtimizdagi yangilanish va bunyodkorlik jarayonlarini e’tirof etib, barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga nazar tashlamang — yangilanish va bunyodkorlik nafasi seziladi. Zamonaviy inshootlar, obod mahallalar, yangi ta’lim va madaniyat maskanlari, keng imkoniyatlar — bularning barchasi mustaqillik yillarida shakllangan ulkan taraqqiyot yo‘lining samarasidir.
Zero, bunyodkorlik — xalqning ertangi kunga bo‘lgan ishonchining ifodasidir.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Telegram 👉Facebook 👉Instagram 🌐 veb-sayt
