94-Mavsum eshiklari ochilmoqda!

94-Mavsum eshiklari ochilmoqda!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri o‘zining 94-mavsumini qarshi olish arafasida. Yangi mavsumning tantanali ochilishi munosabati bilan teatr jamoasi tomonidan tomoshabinlarni san’at bayramiga chorlovchi maxsus videorolik tayyorlandi!

Yangi mavsum — yangi spektakllar, yangi qahramonlar, yangi uchrashuvlar va unutilmas taassurotlar demakdir. Jahon klassikasi, o‘zbek musiqali dramalari, rang-barang sahna asarlari va zavqli komediyalar bilan bezanadigan 94-mavsum teatr ixlosmandlari uchun yana bir betakror ijodiy sayohatni boshlab beradi.

5 sentyabr kuni soat 11:00 da teatrda 94-mavsumning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu bayramona kun teatr jamoasi va aziz tomoshabinlarni yana bir bor bir sahna, bir muhabbat — teatr san’ati atrofida birlashtiradi.

🎭 94-Mavsum eshiklari ochilmoqda!

Ushbu chorlovni his qilish, yangi mavsum nafasini tuyish va 5 sentyabr kunigi tantana kayfiyatini oldindan surishtirish uchun videorolikni tomosha qiling!

🎺 Karnay-surnay sadolari ostida boshlanadigan, musiqa, san’at va uchrashuvlarga boy 94-mavsum tantanasiga siz ham qo‘shiling!

Videorolikni tomosha qiling, yaqinlaringizga ulashing va 5 sentyabr kuni Qashqadaryo teatrida biz bilan birga bo‘ling!

94-Mavsum sizni chorlamoqda!
Sahna sizni kutmoqda!

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati

Telegram  👉Facebook  👉Instagram 🌐 veb-sayt