Sarchashmada  Mustaqillik  shukuhi

Sarchashmada  Mustaqillik  shukuhi

Teatr — qalblarni birlashtiradigan, insonga ma’naviy kuch va ruhiy ozuqa beradigan mo‘jizaviy maskan. Uning sahnasi faqat teatr binosi bilan chegaralanmaydi. Zero, haqiqiy san’at xalq orasiga kirib borganida, uning qadri va ta’siri yanada yuksaladi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining  35 yillik qutlug‘ bayrami munosabati bilan viloyatimizning chekka hududlarida yashayotgan aholi bilan ijodiy muloqotlarni davom ettirmoqda.

21 avgust kuni teatr jamoasi Dehqonobod tumanining Sarchashma qishlog‘ida bo‘lib, aholi uchun ijodiy uchrashuv hamda konsert dasturini namoyish etdi.

Uchrashuv samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Teatr ijodkorlari o‘zlarining sahna faoliyati, teatrning 35 yillik ijodiy yo‘li, bugungi kunda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va tomoshabinlar bilan ijodiy hamkorlik haqida fikrlarini bildirdilar.

Konsert dasturidan teatr aktyorlari ijrosidagi dilbar qo‘shiqlar, raqslar va sahna chiqishlari o‘rin oldi. San’atkorlarning har bir chiqishi Sarchashma aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Qishloq ahlining samimiy olqishlari esa ijodkorlarga yanada katta ilhom bag‘ishladi.

Bunday uchrashuvlar teatr va tomoshabin o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni yanada mustahkamlaydi. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlarida yashayotgan aholiga teatr san’atining eng yaxshi namunalarini yetkazish, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish — bugungi ijodiy jamoa oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmatiКонец формы