Ilyos Qurbonov tomonidan tayyorlangan “Tinchlik va mustaqillik qadri” mavzusidagi video rolik

TINCHLIK VA MUSTAQILLIK QADRI

Mustaqillik — xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, ertangi kuniga ishonch bilan qarashi, tinch va farovon hayot barpo etishi demakdir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ sanalardan biridir. Zero, istiqlol yillarida mamlakatimizda inson qadri, tinchlik va osoyishtalik, milliy qadriyatlar hamda yurt taraqqiyoti ustuvor maqsad sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda.

🎬 Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Ilyos Qurbonov tomonidan tayyorlangan “Tinchlik va mustaqillik qadri” mavzusidagi video rolik ham ana shu ulug‘ ne’matlarning qadrini anglashga chorlaydi.

Tinchlik — bu shunchaki osuda kunlar emas. Tinchlik — ona qalbidagi xotirjamlik, bolalarning beg‘ubor kulgusi, teatr sahnasida yangraydigan musiqa, xonadonlardagi fayzu baraka, insonning ertangi kuniga ishonch bilan qarab yashashidir.

Mustaqillik esa ana shu tinch hayotning mustahkam poydevoridir. Bugun biz o‘z tilimizda so‘zlaymiz, milliy qadriyatlarimizni ulug‘laymiz, san’at va madaniyatimizni yuksaltirish uchun erkin ijod qilamiz. Bu imkoniyatlarning barchasi istiqlol bergan bebaho ne’matlardir.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati