#FLESHMOB MUSTAQILLIK SHUKUHI — QALBLARDA, QO‘SHIQLARDA!
#FLESHMOB
MUSTAQILLIK SHUKUHI — QALBLARDA, QO‘SHIQLARDA!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Qarshi shahrida joylashgan “Marjon” supermarketi oldida bayramona jonli ijrodagi fleshmob tashkil etdi.
🎶 Kuy-qo‘shiq, raqs va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘unlashgan ushbu fleshmob shahar ahli va yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
San’atkorlar ijrosidagi dilbar qo‘shiqlar va milliy ohanglar atrofga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, Mustaqillik bayrami shodligini yanada yorqin namoyon etdi.
Zero, bayramning eng go‘zal bezagi — xalq bilan birga bo‘lish, uning quvonchiga sherik bo‘lish va san’at orqali ezgu kayfiyat ulashishdir.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etamiz!
Tinch yurtimiz, farovon hayotimiz va osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!
Keyingi fleshmob manzili qaerda bo‘lishini istasangiz, bizni kuzatishda davom eting..
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
