«Xazina» — mehr va insoniylikka chorlovchi sahna asari
«Xazina» — mehr va insoniylikka chorlovchi sahna asari
8–9 iyun kunlari Mirishkor tumani Jeynov qishlog‘i Madaniyat markazida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan dramaturg Sh.Mahkamovning «Xazina» spektakli hamda konsert dasturi namoyish etildi.
Tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan mazkur spektakl inson hayotidagi eng katta boylik — mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va oilaviy qadriyatlar ekanini ta’sirchan voqealar orqali yoritib beradi. Asarda turli hayotiy vaziyatlar, insonlarning bir-biriga munosabati va ezgulikning har qanday qiyinchiliklar ustidan g‘alaba qozonishi badiiy talqin etilgan.

Spektakl davomida sahnadagi voqealar tomoshabinlarni ham kuldirdi, ham mushohadaga chorladi. Ayniqsa, qahramonlarning samimiy obrazlari va hayotiy kechinmalari zalda o‘tirganlarning qalbiga yetib bordi.
Tadbirning ikkinchi qismida teatr san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar va jozibador chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, madaniy kechaning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Bunday gastrol tadbirlari aholining madaniy hordiq chiqarishi, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mirishkorlik san’atsevarlar esa teatr jamoasining chiqishlarini katta qiziqish va mamnuniyat bilan qarshi oldilar.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
Конец формы
