“Xazina” — mehr-oqibatni ulug‘lagan sahna asari

“Xazina” — mehr-oqibatni ulug‘lagan sahna asari

2 may kuni Kasbi tumanida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Sh. Mahkamovning “Xazina” komediyasi namoyish etildi. Spektakl tumandagi keng jamoatchilik, oilalar va san’at ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Sahna asari mazmunan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-oqibat, oilaviy qadriyatlar, samimiylik va bir-biriga bo‘lgan ishonch kabi ezgu tushunchalarni yoritib berishi bilan ajralib turadi. Komediya orqali hayotda uchraydigan turli vaziyatlar yumor va ta’sirchan sahnalar vositasida ko‘rsatilib, tomoshabinni ham kuldiradi, ham o‘ylantiradi.

“Xazina” spektaklidagi asosiy g‘oya — haqiqiy boylik moddiy ne’matlarda emas, balki insonlar orasidagi mehr, oilaviy totuvlik va o‘zaro hurmat ekanligi teran ifoda etilgan. Asar davomida qahramonlar taqdiri orqali oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi va insoniy qadr-qimmatning ahamiyati ta’sirli tarzda ochib berildi.

Tomosha davomida zaldagi muxlislar asardagi yumoristik vaziyatlardan zavq olish bilan birga, uning tub ma’nosini ham his etishdi. Ayniqsa, sahnadagi tabiiy ijro, jonli dialoglar va aktyorlarning mahoratli o‘yini spektaklning ta’sirchanligini yanada oshirdi.

Tadbir yakunida tomoshabinlar ijodiy jamoaga samimiy minnatdorchilik bildirib, spektaklning mazmunan boy va tarbiyaviy ahamiyati yuqori ekanini alohida ta’kidlashdi.

“Xazina” komediyasi Kasbi tumanida nafaqat madaniy voqea, balki oilalarni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va insoniylikni ulug‘lovchi ma’naviy kecha sifatida esda qoldi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri   Matbuot xizmati

Конец формы