“Farzandim ko‘zim qarog‘i” — qalblarni larzaga solgan  sahna asari

“Farzandim ko‘zim qarog‘i” — qalblarni larzaga solgan  sahna asari

20–21 may kunlari Kitob tuman madaniyat saroyi sahnasida tomoshabinlarga yuksak ma’naviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan Xulio Kortasarning “Bemorlarning salomatligi” hikoyasi asosida F.Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan J. Jovlievning “Farzandim ko‘zim qarog‘i” spektakli namoyish etildi.

Ushbu jarayonlardan Q. Muzropov tomonidan maxsus video rolik tayyorlandi. Mazkur video orqali spektaklning eng ta’sirli lahzalari va tomoshabinlar fikrlari yoritib berildi.

Tomoshabinlar spektakl haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, unda ilgari surilgan g‘oyalar ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidlashdi. Ularning aytishicha, asar har bir insonni oila qadri, farzand mas’uliyati va mehr-muhabbatni yanada chuqurroq his etishga undaydi.

Video rolik Q.Muzrapov tmonidan tayyorlandi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati