🎭 Sahna va qalb orasidagi iztirob…

🎭 Sahna va qalb orasidagi iztirob…

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Oqqush qo‘shig‘i” spektaklidan aktyor G‘ayrat Husayinov ijrosidagi ta’sirli monolog asosida maxsus video rolik tayyorlandi.

Ushbu monologda inson umri, san’atga sadoqat, sahna ortidagi iztirob va aktyor qalbidagi kechinmalar chuqur ifoda etilgan. Har bir so‘z, har bir nigoh tomoshabinni o‘yga toldiradi.

 

🎬 Video rolik orqali siz:

— aktyorning ichki kechinmalarini,

— san’atga bo‘lgan muhabbatni,

— inson va vaqt o‘rtasidagi murosasiz kurashni his etasiz.

✨ “Oqqush qo‘shig‘i” — bu shunchaki spektakl emas, balki qalb nolasi, hayot va san’at haqidagi falsafiy mushohadadir.

Video rolik Q.Muzrapov tomonidan tayyorlandi

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati