E’tibor va e’tirof!
E’tibor vae’tirof!
15 aprel “Madaniyat va xodimlari kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi tomomnidan “Mumtoz” restoranida bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirini Viloyat hokimi M.Azimov hamda madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I.To‘raev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Ular o‘z so‘zlarida madaniyat va san’at xodimlarining faoliyatiga yuqori baho berib, jahon taraqqiyotida ham munosib ishtirok etayotganligini, Madaniyat vazirligi tomonidan berilayotgan har bir topshiriq ijrolarini o‘z vaqtida namunali tarzda bajarayotganliklarini e’tirof etib o‘tishdi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi va madaniyat boshqarmasi tomonidan yil davomida faol ijod qilgan bir guruh soha vakillariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Quvonarlisi, viloyat musiqali drama teatrining yetakchi ijodkorlari O‘tkir Boyqobilov hamda Nargiza Boymurovalar ham soha fidoiylari qatoridan o‘rin egallashdi.
Teatr jamoasi nomidan har ikkala teatr ijodkorlariga ijodiy ulkan parvozlar va omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Bayram tadbiri go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulanib, teatr san’ati xodimlariga munosib tarzda bayram shukuhli tarzda keng nishonlandi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
