“Teatr tomoshalari haftaligi”ga taklif etamiz.
“Teatr tomoshalari haftaligi”ga taklif etamiz.
Hurmatli teatr muxlislari, hamda shahrimiz mehmonlari!
27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” bo’lib o’tadi.
Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi siz aziz teatr muxlislarni 21-27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Teatr tomoshalari haftaligi”ga taklif etadi.
Ushbu haftalik doirasida teatr reperttuaridan o‘rin olgan eng sara o‘zbek va jahon klassik asarlari asosida sahngalashtirilgan spektakllar, musiqali komediya va folklor tomoshalari, shuningdek, yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan teatrlashtirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.
Ha, aytgancha teatr tomoshalari bayram munosabati bilan mutlaqo bepul.
Barcha teatr ixlosmandlarini “Teatr tomoshalari haftaligi”da kutib qolamiz.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati
