“Ayol-muhabbat va hayot timsoli”

8 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni  munosabati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida  QarDU o‘qituvchi va talaba xotin-qizlari uchun “Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Teatr jamoasi tomonidan bayram ishtirokchilariga quvonch ulashish maqsadida, ular teatrning old maydonidayoq karnay-surnay navolari va teatr fayesida sokin romantik musiqa og‘ushida kutib olindi.

 

Konsert dasturida teatrning taniqli san’atkorlari, estrada xonandalari ayol va bahorni madh etuvchi dilbar kuy-qo‘shiqlarni taqdim etdi. Ayniqsa, teatrning so‘z ustasi O.mamatov tomonidan xotin-qizlar haqidagi hajviyalari kechaga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

“Ayol-muhabbat va hayot timsoli” deb nomlangan konsert dasturi QarDU o‘qituvchi va talaba qizlari uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz,bayram dasturlari davom etadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!

 

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati