Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktor o‘rinbosari

Ulug‘ov Javlon Bo‘rievich

Ushbu teatrda 2021 yildan buyon “Kadrlar bo‘yicha inspektor” lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ulug‘ov Javlon teatrda ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, u ish faoliyati davomida teatr xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan har tomonlama qonun doirasida qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish ishlarini keng yo‘lga qo‘yib ulgurdi. Jumladan, barcha ijodiy va texnik xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni  yuqor tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazishda, yosh kadrlarni ish bilan ta’minlashda, vakansiya o‘rinlarini to‘ldirishda, mehnat shartnomalari tuzishda, moddiy-ma’naviy rag‘batlantirilishida, kadrlarni malakasini qayta oshirilishida, xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya qilinishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Teatr to‘g‘risidagi barcha me’yoriy xujjatlar bilan ishlashda, ularning o‘ziga tegishli bandlari ijrosini ta’minlashda, Madaniyat vazirligi va boshqarma tomonidan yuklatilgan boshqa ishlardada o‘zining ishchanligi va xujjatlar bilan ishlashdagi zamonaviy bilimi bilan o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi.

J.Ulug‘ov  rahbariyat va jamoa o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tagan holda, xodimlardan kelib tushgan turli ariza va murojjatlarni qonun xujjatlari boirasida rasmiylashtirgan holda ularga yaqindan yordam berib kelmoqda. Shu bois u jamoa o‘rtasida ham hurmat qozongan holda, o‘zining ishga mas’uliyat bilan yondoshib, barcha ishlarda ko‘makdosh ekanligini ham isbotladi.