Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori Maxmatqulov O‘tkir Karimovich

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori

Maxmatqulov O‘tkir Karimovich

2007-2013 yil Qashkadaryo viloyat M.Toshmuxammedov nomidagi musikali drama teatrida direktor o‘rinbosari, 2013 yildan buyon Qashkadaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan

2017 yildan buyon Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

Maxmatqulov O‘tkir mexnat faoliyati davomida o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi va tashkilotchiligi bilan jamoa e’tiborini kozongan. Teatr ijodiy xodimlarini jamoaviy ishlarida yetakchilik va boshqaruv saloxiyatini ko‘rsatib,
konsert-gastrol faoliyatini namunali ravishda tashkil kilib, teatrning yillik ijodiy va moliyaviy rejalarini oshirib bajarishida munosib xissa kushib kelmokda.

        

U.Mahmatqulov teatga direktorlik faoliyati davomida ko‘plab ishlarni amalga joriy etganligi bois, teatr ijodiy jihatdan hamda moddiy-texnik jihatdan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni boshladi. O‘.Maxmatqulov rahbarligida yillar kesimida ijodiy o‘sishni taqqoslaydigan bo‘lsak, har yili ijodiy ko‘rsatkichlar o‘sib borganligini ko‘rish mumkin. Quyida O‘.Maxmatqulovning yillar kesimida teatr jamoasi bilan erishilgan yutuqlarini xalqaro hamkorlik va ularda erishilgan natijalar bilan yoritiladi. Teatr jamoasi turli festivallarda faol ishtirok etib, yuqori ko‘rsatgichlarga erishdi.

2018 yil

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Debyut-2018” teatrlar festivalida Ch.Aytmatovning “Oq kema” spektakli bilan va Qoraqalpog‘iston respublikasida Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro orol muammaosi”ga bag‘ishlangan konferinsiyada ham E.A’zamning “Orol bobo” spektakllari bilan ishtirok etdi. Xorazm, Surxondaryo hamda Toshkent shaharlariga A.Oripovning “Jannatga yo‘l” va Sh.Mahkamovning “Xazina” spektakllari bilan ijodiy gastrol safarlarida bo‘lib, teatr mutaxassislari va keng jamoatchilik orasida yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.

       

2019 yil

2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Seni kuylaymiz zamondosh!” V-Respublika teatrlar festivalida ham T.Murod asari asosidagi O.Salimovning “Xush vaqt” spektakli bilan munosib ishtirok etib, teatrshunoslar va mutaxassislar tomonidan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Joriy yilning iyun oyida Rossiyaning Samara viloyatida bo‘lib o‘tgan an’anaviy xalqaro etnografik mavzudagi “Rus:Epoxi ob’edininiya” festivalida ham tarixchilar, muzeyshunoslar, etnograflar va teatrning bir guruh ijodkorlari bilan birgalikda munosib ishtirok etib keldi. Bundan tashqari X.Xursandovning “Bobomning orzusi” spektakli bilan joriy yilning 10-16 sentyabrida Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan 2-xalqaro teatr festivalida ishtirok etishida va dekabr oyida Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro teatr festivallaridaCh.Aytmatovning  “Oq kema” spektakllari bilan ishtirok etishida ham O‘.Maxmatqulovning tashabbuskorligi va tashkiliy masalalrida jonbozliklarini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

         

2020 yil

PQ-4038-sonli Qaror ijrosi yuzasidan joriy  yilning 22-25 fevral  kunlari Turkiya Jumhuriyatining  Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Evroosiyo xalqaro teatrlar assotsiatsiyasi” kengashi yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘.Maxmatqulov hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri adabiy bo‘lim boshlig‘i Oybek Kapadze bilan birga ishtirok etdi.

Turkiyaning teatr soxasidagi eng nufuzli “TIYATRO” gazeta-jurnalida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri tarixi, buguni va istiqboli hususida  “Yangi O‘zbekistonda Qashqadaryo teatri”, “O‘zbekistondan salomlar” kabi bir nechta maqolalar chop etildi.

       

2020 yil Aprel oyida Turkiya davlatiga xalqaro festivalda A.Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” ishtirok etish rejalashtirilgan edi. Afsuski, “COVID-2019” pandemiyasi munosabati bilan ortga surildi.

2021 yil

2021 yilda O‘zbekiston   Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 28 noyabrdagi “O‘zbekiston respublikasida  milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli  Qarorida teatr sohasida zamonaviy sahna asarlari, milliy va jahon klassik asarlari asosida teatrlarda uzoq muddatli repertuarni shakllantirish, teatrlarning mahalliy va xorijiy davlatlarga ijodiy gastrol faoliyatini tizimli amalga oshirish, teatrlarni xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida  N.Gogolning “Tentakning yozmalari” asarini sahnalashtirishi uchun Istanbul-Maltepa  teatrining bosh rejissyori Kubulay Yerdelikara va Adam Tosun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdi.

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida   “Davlat buyurtmasi”  asosida sahnalashtirilgan N.Gogol  qalamiga mansub “Tentakning yozmalari” spektakli  joriy yilning 12 may kuni keng jamoatchilika namoyish etildi.

5-9 avgust kunlari  “Evroosiyo xalqlari teatrlari assotsiatsiyasining ilk yig‘ilishi”da 13 da davlat a’zolari, jumladan Turkiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Ukraina, Gurjiston, Serbiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Kosova, Fransiya, Bolgariya va Qozog‘istondan kelgan teatr ijodkorlari va mutassaddilari ishtirok etishdi.  Ushbu yig‘ilishda assossiatsiya a’zolari   O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri  Adabiy bo‘lim boshlig‘i  Oybek Veysal o‘g‘li Kopadze va Qashqadaryo viloyat musiqali drama  teatri   direktori O‘tkir Maxmatqulovlar Assotsiatsiyaning 13 davlati a’zolari ishtirokida  “Evrosiyo” xalqaro teatrlar assotsiatsiyasining 2021 yil assembleyasining Istambul shaxrida bo‘lib o‘tgan  ilk  yig‘ilishida ishtirok etishdi.

             

2022 yilda

Xalqaro madaniy aloqalar

“EAT”- “Evrosiyo” xalqaro teatrlar assotsiyasi dasturining 1-bandiga asosan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri  Gruziya Respublikasi Ozurgeti shahar davlat drama teatri o‘rtasida ijodiy va madaniy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kadrlar-dramaturglar, rejissorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish, tomonilarning teatr sohasidagi samaradorligini oshirish  maqsadida bugun  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘tkir Karimovich Maxmatqulov va Gruziya Respublikasi Ozurgeti shahar davlat drama teatri badiiy rahbari Vasil Chegogedzelar tomonidan  Memorandum imzolandi.

O‘zbek va Turk madaniy aloqalarini davomiyligini ta’minlash, madaniyat-san’at sohalarida  istiqbolli  ijodiy rishtalarni yanada mustahkamlashga erishish  uchun Turkiya Respublikasi Altieylul shahri hokimligining  2021 yil 31 dekabrdagi Ye-71226116-821.99-17942- sonli taklif xatiga asosan 7-12 mart kunlari  Altiylul shahrining I xalqaro teatrlar festivalida Qashqadaryo  viloyati  musiqali  drama  teatri  jamoasi  Turkiya  Respublikasi  Altiiylul shahrida bo‘lib o‘tgan  xalqaro teatrlar  festivalida  N.Gogolning  “Tentakning  yozmalari” spektakli  bilan ishtirok etdi.

3-9 oktyabr kunlari  Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan IV Maltepa xalqaro teatrlar festivalida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi  J.Molerning  “Hasis” spektakli bilan munosib ishtirok etdi.  Ushbu festivalning tantanali  taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi  ikki bor sahnaga taklif etildi.  Hay’at a’zolari tomonidan

“Festivalning eng yaxshi jamoasi” hamda “Eng yaxshi spektakl libosi” nominatsiyasiyalari  topshirildi.

 

       

2023 yilda

Portugaliya   va  O‘zbekiston teatrlari  o‘rtasida xalqaro Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasi hamda “EAT”- “Evrosiyo” xalqaro teatrlar assotsiyasi dasturining 1-bandiga asosan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri direktori O‘tkir Karimovich Maxmatqulov va Portugaliya  Respublikasi Braga  shahar davlat drama teatri badiiy rahbari   Jose Rui Da Silva Madiera  tomonidan  xalqaro  Memorandum imzolandi.

3 iyun kuni Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurgan Fransiyalik taniqli rejissor Kristof Fitreyer  karnay-surnay navolari bilan qarshi olindi. Teatr ijodiy jamoasi bilan uchrashuv samimiy suhbat asnosida o‘tdi. Uchrashuvda rejissor faoliyatiga bog‘liq ishlar va kelgusi rejalar haqida aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng teatr direktori O‘tkir Maxmatqulov va  Kristof Fetrier  o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga muvofiq K.Fitreyer kelgusi yillarda teatr repertuari uchun munosib jahon klassik asarlaridan birini sahnalashtirish orqali  ijodiy hamkorlik  ishlari bardavom bo‘lishiga kelishib olindi.

Faxriy mehmon talabiga binoan Gruziyalik rejissor Kaxa Gogidze tomonidan sahnalashtirilgan Nodar Dumbadzening “Hellados” spektakli namoyish etildi. Spektakl Fransiyalik rejissor tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri yana bir xalqaro hamkorlikka erishdi. Bu kabi xalqaro ijodiy hamkorlik teatr nufuzini yanada oshirishga va jahon sahnalarini zabt etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

         

14 iyul kuni Gruziya davlatining Ozurgetti  shahrida bo‘lib  o‘tgan Nodar Dumbadze nomidagi IV xalqaro  teatrlar  festivalida  Qashqadaryo  viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan N.Dumbadzening  “Hellados” spektakli  muvaffaqiyatli  namoyish  etildi.  Jumladan,  Ispaniya,  Portugaliya,  Ozarbayjon,  Qozog‘iston,  Gruziya va Ukraina  teatrlari qatorida munosib ishtirok etdi.  “Hellados”  spektakli festival doirasidagi eng yaxshi namoyish etilgan spektakllardan biri bo‘ldi.

15 iyul Ozurgetti shahrida bo‘lib o‘tgan N. Dumbadze nomidagi IV xalqaro teatrlar  festivali yakuniga ko‘ra,  “Hellados” spektakli “Eng yaxshi sahna dekorsiyasi uchun”  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.  Ushbu mukofot spektaklni sahnalashtiruvchi  rassomi Nurbek Hamidovga spektakldagi o‘ziga xos uslubdagi  ijodiy ishi  uchun berildi.

2023 yil, 25 avgust kuni  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri va Portugalyaning Braga shahar  teatri  o‘rtasida  tuzilgan  memorandumga muvofiq, Braga shaxar teatri Badiiy rahbari, rejissor  Rui Madeyra  tomonidan A.Chexovning  “Taklif” va “To‘y” asarlari asosida  sahnalashtirgan “Taklif & To‘y” spektaklning ichki  ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rikda  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi San’atni rivojlantirish boshqarmasi  boshlig‘i Baxrom  Usmonov, Badiiy kengash a’zolari  Tohir Do‘stmuhammedov, Shorustam Abidov va Oybek Veysal o‘g‘li  ishtrok etdi. Spektakl muhokamasida   xalqaro miqiyosda olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi. Spektaklning rejissurasi va aktyorlarning mahorati  yuqori saviyada ekanligi ta’kidlandi.

Teatr ijodiy faoliyatida shuni alohida takidlab aytamardimki,  oxirgi  yillarda teatr ijodiy faoliyatini yanada yaxshilash, zamonaviy toza ruh olib kirish, xamda aktyorlarning yangi kirralarini ochish maksadida tanikli ustoz rejissyorlar bilan xamkorlik kilinmoqda. O‘zbekiston san’at arboblari  Baxodir Yo‘ldoshev, Olimjon Salimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari  Baxodir Nazarov, Abduraxmon Abdunazarov, shu bilan birga iqtidorli yosh rejissyor  Asqar Xorlmo‘minovlarni misol keltirib o‘tish o‘rinli.

28-aprel va  6 may   kunlari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O‘.Maxmatqulov Portugaliya davlatining Braga shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro teatrlar namoyishi  hamda Yevraaziya teatrlar assosatsiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Qashqadaryo  viloyat musiqali drama teatri  direktori O‘tkir Mahmatqulov va Portugaliya davlati, Braga shahar teatri  – “TEATRO CİRCO”  direktori va Badiiy rahbari Rui Madeyra o‘rtasida  ijodiy  hamkorlikni rivojlantirish maqsadidan memorandum imzolandi.

Memorandumga binoan  2023 yilning  avgust oyida  Rui Madeyra Qashqadaryo  viloyat musiqali drama teatrida A.Chexovning  “Taklif” va  “To‘y” pesalari motivlari bo‘yicha  spektakl sahnalashtirdi. Ushbu spektakl 2024 yili may oyida Braga shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan  xalqaro festivalda ishtirok etish uchun taklif etildi. Memorandumga asosan 2024 yili O‘zbekistonlik rejissor Portugaliya davlatida o‘zbek dramaturgiyasidan  spektakl sahnalashtirishga taklif etildi.

5- 15 iyul kunlari Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Gruziya davlatining Ozurgetti shahrida bo‘lib o‘tadigan N.Dumbadze nomidagi 4- xalqaro teatrlar festivalida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida  Gruziyalik rejissor Kaxa Gogidze tomonidan sahnalashtirilgan N.Dumbadzening “Hellados” spektakli bilan ishtirok etdi.  Festival yakuniga ko‘ra,  “Hellados” spektakli “Eng yaxshi sahna dekoratsiyasi uchun”  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.  Ushbu mukofot spektaklni sahnalashtiruvchi  rassomi Nurbek Hamidovga spektakldagi o‘ziga xos uslubdagi  ijodiy ishi  uchun berildi.

11-15 oktyabr kunlari  Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri 11-15 oktyabr  kunlari Turkiyaning Maltepa shahrida bo‘lib o‘tgan V  Xalqaro teatrlar festivalida Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan Aziz Nesinning “Uch baxtsizlik”  spektakli bilan ishtirok etdi.  20dan ortiq davlatlar ishtirok etgan ushbu nufuzli xalqaro teatrlar festivali o‘z yakuniga yetib, festivalning taqdirlash marosimi tantanali ravishda tashkil etildi.  Ushbu taqdirlash marosimida Aziz Nesinning “Uch baxtsizlik”  spektakli barcha hakamlarga birdek manzur bo‘lgan holda,  festivalning Maxsus  diplomi va esdalik sovg‘alari   bilan taqdirlandi.

2024 yil

3-6 mart kunlari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O‘tkir Maxmatqulov Turkiya davlatida Onado‘i shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu Xalqaro teatr xodimlarini taqdirlash marosimimda ishtirok etdi. 5 mart   kuni Turkiyaning Onado‘li shahrida  bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdi va ushbu taqdirlash marosimida O‘zbekiston teatrini  xalqaro miqyosda turli mamlakatlar bilan  munosabatlarni rivojlantirishda qo‘shib kelayotgan ulkan hissasi uchun Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri  direktori O‘.Maxmatqulovga “Xalqaro teatrlar mukofoti” tantanali ravishda  topshirildi.

  • 2024 yilda Xalqaro Onado‘li xalqaro teatrlarni taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O‘tkir Maxmatqulov “Xalqaro teatr mukofoti” bilan taqdirlandi.
  • Turkiya davlati Istanbul shahridagi “Maskara” teatriga ijodiy gastrol safariga borildi.
  • Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri 20-23 dekabr kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahridagi “Maskara” teatriga A.Nesinning “Uch baxtsizlik” spektakli bilan ijodiy gastrol safariga borildi.
  • 2025 yil

 23-maydan 1-iyun kuniga qadar Turkiyaning Denizli buyuk shahar teatrida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro teatrlar festival”iga festival tashkilotchisi tomonidan  Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida Turkiyalik rejissyor Nazif Uslu tomonidan sahnalashtirilgan M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli uchun taklif xati yuborilgan edi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri Turkiyaning Denizli buyuk shahar teatrida bo‘lib o‘tayotgan “Xalqaro teatrlar festival”ida ishtirok etdi.

26 may kuni M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli Turkiyalik tomoshabinlar uchun namoyish etildi. Ikki kishidan iborat ushbu spektaklda  obrazlarni teatrning iqtidorli ijodkorlari Akmal Xudoyorov hamda Mahliyo Jumaevalar ijro etishgan. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

28 may kuni M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli Turkiyalik tomoshabinlar talab va istaklarini inobatga olgan holda ikkinchi bor namoyish etildi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20 ga yaqin davlat teatrlari ishtirok etgan fevtivalning taqdirlash marosimida M.Baydurning “Yolg‘onchining rasmi” spektakli “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

19-26 iyul kunlari Portugaliyaning Braga shahrida bo‘lib o‘tgan “45-MOSTRA INTERNATIONAL DE TEATRO” Xalqaro teatrlar festivalida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Portugaliyalik rejissyor Rui Madiero tomonidan  sahnalashtirilgan A.Chexovning  “Taklif & To‘y” spektakli bilan ishtirok etdi.

Festival hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, A.Chexovning  “Taklif & To‘y” spektakli “Eng yaxshi spektakl”,  “Eng yaxshi liboslar”,  “Eng yaxshi dekoratsiya” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi.

Festivaldan tashqari Portugaliyaning Fafe, Barselosh va Maia shaharlarida ijodiy  gastrol safarlari ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Festival doirasida teatr jamoasi tomonidan xorijiy teatrlarning eng taniqli san’atkorlari, rejissyor va rassomlari bilan  ijodiy uchrashuvlar, seminar-treninglar va tajriba almashunuvlarini amalga oshirildi.

Shuningdek, Yevraaziya teatrlar assosatsiyasiga a’zo bir nechta davlatlar bilan kelgusi yillarda ijodiy memorandumlar imzolash va rejissyor va rassom almashinuvlari va malaka oshirish borasidagi kelishuvlarga ham erishildi. Jumladan, 2026 yil avgust oyida teatrning bosh rejissyori F.Boynazarov hamda bosh rassomi N.Hamidov Portugalif teatrlari bilan hamkorlikda milliy asarlar sahnalashtirilishi rejalashtirildi.

 

               

O‘TKIR KARIMOVICh MAXMATQULOVNING teatrning ijodiy o‘sishida talabchanlik va mas’uliyat bilan yondoshganligi, teatrda musiqali spektakllarga keng o‘rin berayotganligi, qaytadan orkestr jamoasini tiklaganligi, respublikadagi taniqli va tajribali rejissyorlar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ya olganligi teatr ijodiy muhitini o‘zgarishida ham  o‘zining boshqaruv salohiyatining yuksakligi bilan yutuqlarga erishib kelmoqda. Teatrning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, rekonstruksiya ishlari, qayta ta’mirlash kabi masalalarda ham yuqori natijalarga erishgan holda teatrning ichki va tashqi fasadlari, ijodkorlar xonalari va grimxonalari zamonaviy ko‘rinish olayotganligi ham aynan O‘.Mahmatqulovning rahbarlik faoliyatini mukammal egallaganliginining isbotidir.

O‘.Maxmatqulov  jamoa o‘rtasida ham obru e’tiborga ega. Uning rahbar sifatida  mehnatkash, o‘z kasbini sevuvchi fidoiy inson  sifatida ustozlari, jamoa hurmatini qozongan. U zimmasiga yuklatilgan har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradigan ma’suliyatli rahbar.