26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bojxona tizimi muhim ahamiyatga ega. Shu bois,  O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan “26 yanvar  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” etib belgilangan.

Zero, mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini bojxona tizimisiz tasavvur etib bo‘lmas ekan, ularning xizmati beqiyos ekanligini yosh avlodga singdirish hamisha san’atkor zimmasida bo‘lishi tabiiy.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Ilyos Qurbonov tomonidan “Bojxonachilar” deb nomlangan yangi klip premerasi bojxona xodimlari bayramiga munosib tuhfa bo‘ladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz Bojxona xodimlari!

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati