Yangi spektakl taqdimoti
Yangi spektakl taqdimoti
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida A.Chexovning “Kalxas” hikoyasi asosida Oybek Veysal o‘g‘lining “Oqqush qo‘shig‘i” insinerovkasi taniqli jurnalist va san’atshunos Oybek Kopadze tomonidan muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.

“Oqqush qo‘shig‘i” spektaklining mutaxassis ko‘rigida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshida tuzilgan badiiy kengash a’zolari Tohirjon Do‘stmuxammedov hamda Shorustam Abidovlar ishtirok etishdi.
Spektakl bir aktyorning “benefisi”dan so‘ng so‘nggi marta sahnaga chiqishi, pardozxonasida kursusiga o‘tirgancha hayot va ijod yo‘llariga nazar tashlaydi. U shonli ijod yo‘lini suflyorga so‘nggi vidolashuv onlari tarzida ijro etib beradi. Bu nafaqat aktyor ijod yo‘li, yubalki har bir insonning o‘lim oldi umr yo‘llariga bir nazar tarzida ifoda etiladi. Mutaxasislar spektakldagi har bir detal ramziy ifodaga ega ekanligi, har bir teatr aktyori yoki ijodkor bu shonli va dardli yo‘lni bosib o‘tishi haqida so‘z yuritishdi.
Spektakl mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, bir ovozdan repertuar uchun qabul qilindi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati
